Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» yana tekinga o‘yinchi olishga qaror qildi

«Real» yana tekinga o‘yinchi olishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Kelayotgan yozda «Real Madrid» jamoa markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishi zarurligi allaqachon ayon bo‘lib qolgan. The Touchline nashrining Bild nashriga tayanib xabar berishicha, Madrid klubining markaziy himoyachilar bo‘yicha short-listida endi birinchi o‘rinni Ibraima Konate egallab turibdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Konatening o‘zi Angliyani tark etishga tayyor. Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida nihoyasiga yetadi, bu esa uni tekinga qo‘lga kiritish imkonini beradi.

25 may kuni Ibraima Konate o‘zining 27 yoshini qarshi oladi. Fransuz himoyachisi «Liverpul» safida jami 169 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, ularda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ayni damda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Barselona» madridliklardan to‘rt ochko ko‘p jamg‘argan.

Kiritildi: 23:16, 05.03.2026.
O'qildi: 6232 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик