Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan safardagi bahsda «Kristal Pelas» jamoasi «Tottenxem» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida gollarga Ismaila Sarr (dubl) va Yorgen Larsen mualliflik qilishdi. Adam Uorton esa golli uzatmalar bo‘yicha dublni qayd etdi. Mezbonlarning yagona javob to‘pi Dominik Solanke hisobiga yozildi.
«Shporlar» himoyachi Miki van de Ven chetlatilgani sababli 38-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynashdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Kristal Pelas» 38 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. «Tottenxem» esa chempionatdagi beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 29 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan.
Angliya Premyer-ligasi. 29-tur
06.03.2026 | 01:00
«Tottenxem Xotspur Stedium», London
«TOTTENXEM» — «KRISTAL PELAS» — 1:3
Gollar: Dominik Solanke 34’ (1:0), Ismaila Sarr 40’-penalti (1:1), Yorgen Strann Larsen 45+1’ (1:2), Ismaila Sarr 45+7’ (1:3).
«Tottenxem Xotspur»: Vikario, Danso, van de Ven, Palinya, Grey, P. Sarr, Souza (Bissuma, 43), Porro (Simons, 74), Tel, Kolo Muani (Gallaxer, 43), Solanke (Risharlison, 74).
«Kristal Pelas»: Xenderson, Riad, Kanvo, Richards, Kamada, Uorton (Xyuz, 81), Mitchell, Munyos (Klayn, 14), Ismaila Sarr, Gessan (Djonson, 67), Strann Larsen (Uche, 81).
Ogohlantirishlar: Souza (7), Strann Larsen (22), P. Sarr (25), Bissuma (82), Klayn (90).
Chetlatish: Mikki van de Ven (38).













