Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» ustozi mag‘lubiyatdan so‘ng: «Muxlislar kabi men ham hafsalam pir bo‘ldi»

«Tottenxem» ustozi mag‘lubiyatdan so‘ng: «Muxlislar kabi men ham hafsalam pir bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi 29-turining yakuniy o‘yinida Londonning «Tottenxem» klubi o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Shporlar» ustozi Igor Tudorning fikricha, birinchi bo‘lim yakunidagi qizil kartochka o‘yin taqdirini hal qilgan.

«Bu ikki xil o‘yin bo‘ldi. Qizil kartochka hamma narsani o‘zgartirib yubordi — undan keyin butunlay boshqacha o‘yin guvohi bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda nimadir qilishga urindik, lekin o‘xshamadi. Men ham muxlislardan kam bo‘lmagan darajada xafaman. Ishlash va muvaffaqiyatga ishonish kerak. Hozir jamoaga o‘yindan oldingiga qaraganda ko‘proq ishonyapman — kayfiyat mana shunday bo‘lishi lozim», — deya Tudorning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC Sport.

Hozirda «Tottenxem» APL turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 16-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 05:49, 06.03.2026.
O'qildi: 589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик