Kirish Ro'yxatdan o'tish

Davide Anchelotti «Botafogo»dan so‘ng yana otasiga yordam beradigan bo‘ldi

Davide Anchelotti «Botafogo»dan so‘ng yana otasiga yordam beradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Botafogo» klubidan iste’foga chiqarilganidan bir oy o‘tib, Davide Anchelotti yana otasining ixtiyoriga qaytmoqda. Endi u Karlo Anchelottiga Braziliya milliy terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlashda ko‘maklashadi. Hozircha braziliyaliklar mart oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi — Fransiya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi. Davide Karlo Anchelotti shtabida aynan qanday lavozimni egallashiga derbyderbyderby.it nashri aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanadi va bir yo‘la uchta yirik davlat — Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada hamda Meksikada bo‘lib o‘tadi. Braziliya terma jamoasi besh karra jahon chempioni hisoblanadi, biroq ular oxirgi marta ancha avval — 2002 yilda ushbu unvonni qo‘lga kiritishgan.

Kiritildi: 05:52, 06.03.2026.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик