Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gullit: "Hozirgi futbol zerikarli bo‘lib qoldi, menga Lamin Yamal kabilar kerak"

Gullit: "Hozirgi futbol zerikarli bo‘lib qoldi, menga Lamin Yamal kabilar kerak"

Baho:
+2 | -

Italiyaning "Milan" klubi va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yulduzi Ruud Gullit bugungi futboldan norozi. Uning fikricha, futbol tobora taktik va faqat jamoaviy o‘yinga aylanib bormoqda — Ruudga esa Lamin Yamal kabi yorqin individual mahorat egalari ko‘proq yoqadi.

"Lamin Yamal kabi o‘yinchilar tobora kamayib bormoqda — u bir o‘zi bir nechta raqibni aldab o‘ta oladigan inson. Bugun esa hamma faqat pas beradi, pas beradi va yana pas beradi", — deya Gullitning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Gullit Niderlandiya terma jamoasi o‘z tarixidagi yagona yirik sovrin — Yevro-1988 musobaqasida g‘olib chiqqanda jamoa yetakchilaridan biri bo‘lgan edi.

Kiritildi: 08:08, 06.03.2026.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик