Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Mendi noyabr oyidan beri ilk bor "Real" asosiy tarkibida maydonga tushadi

Mendi noyabr oyidan beri ilk bor "Real" asosiy tarkibida maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi uzoq tanaffusdan so‘ng ilk bor maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

Diario AS nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa fransuz futbolchisini La Liganing bugungi "Selta"ga qarshi o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda. 30 yoshli futbolchi uchun bu yanvar oyi boshidan beri maydondagi ilk ko‘rinish bo‘ladi. Asosiy tarkibda esa lateral o‘tgan yilning noyabr oyi oxiridan beri maydonga tushmagan edi.

Ferlan Mendi joriy mavsumda atigi uchta uchrashuvda ishtirok etdi. Avvalgidek, futbolchi doimiy ravishda jarohatlardan aziyat chekmoqda.

"Real" uchun safarda kechadigan "Selta" bilan uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 08:17, 06.03.2026.
O'qildi: 588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик