Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano Allegrining "Real"ga ehtimoliy o‘tishi haqida fikr bildirdi

Romano Allegrining "Real"ga ehtimoliy o‘tishi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Mashhur italiyalik jurnalist Fabrisio Romano Massimiliano Allegrining "Milan"ni tark etib, Madridning "Real" klubiga yo‘l olishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga shubha bilan qaramoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Allegri bu haqda o‘ylamayapti, ayni damda esa bor e’tiborini faqatgina yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Milan derbisiga qaratgan.

"Allegri hozir butunlay va to‘liq derbiga fokus qaratmoqda. Hattoki "Real" tomonidan qandaydir qiziqish bo‘lgan taqdirda ham, uni bilgan holda ayta olamanki — u bunday o‘y-xayollarni derbidan keyinga surib qo‘ygan. Umuman olganda, men buni imkonsiz deb hisoblayman. "Real" bilan bog‘liq butun boshli tarix o‘tmishda, ya’ni 2021 yilning yozida qolgan. Hozirgi vaqtda Allegri o‘z kelajagini "Milan" bilan rejalashtirmoqda", — deya Romanoning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Allegri o‘tgan yilning yozidan buyon "Milan"ni boshqarib kelmoqda.

Kiritildi: 08:23, 06.03.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик