Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rays Xyurselerning tanqidlariga javob qaytardi

Rays Xyurselerning tanqidlariga javob qaytardi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays jamoa sha’niga aytilayotgan tanqidlar borasida o‘z fikrini bildirdi.

Joriy mavsumda «kanonirlar» haddan tashqari pragmatik va tomoshabop bo‘lmagan o‘yin uslubi uchun tez-tez tanqid qilinmoqda. Yaqinda «Brayton» murabbiyi Fabian Xyurseler ham bu borada o‘z fikrlarini ochiq-oydin bayon etgan edi.

«Bunday shov-shuvlar har hafta ko‘tariladi — men «Arsenal»ga kelgan ilk kunlarimdanoq shunday bo‘lib kelgan. Bunday maqomdagi klubda o‘ynar ekansan, bundan qochib bo‘lmaydi. Chiroyli g‘alaba qozonasanmi yoki yo‘q — buning ahamiyati yo‘q, eng muhimi — g‘alabaga erishish. Biz nimaga intilayotganimizni yaxshi bilamiz», — deya ingliz OAVlari Raysning so‘zlarini keltirmoqda.

Shanba kuni Mikel Arteta shogirdlari Angliya kubogi doirasida «Mansfild Taun»ga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 11:27, 06.03.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик