Kirish Ro'yxatdan o'tish

Argentinalik himoyachiga top-klublardan qiziqish bor

Argentinalik himoyachiga top-klublardan qiziqish bor

Baho:
+ | -

«Bornmut»ning markaziy himoyachisi Markos Senesi joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, 28 yoshli argentinalik futbolchining kelajagi yaqin vaqt ichida hal bo‘lishi kutilmoqda. Manbaga ko‘ra, Senesining agentlari «Yuventus», «Tottenxem», «Aston Villa» va Dortmundning «Borussiya» klublari bilan aloqaga chiqishi rejalashtirilgan. Shuningdek, «Barselona» ham himoyachining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Senesi barcha turnirlarni hisobga olganda 30 ta o‘yinda ishtirok etdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Senesining «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:17, 06.03.2026.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик