Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» Aleksandr Pavlovich uchun 65 million yevro taklif qilishga tayyor

«Chelsi» Aleksandr Pavlovich uchun 65 million yevro taklif qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich «Chelsi» klubi e’tiborini tortdi.

Caught Offside nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘klar» yarim himoyachining ehtimoliy transferi bo‘yicha «Bavariya»ga murojaat qilishga tayyor. London klubi futbolchining o‘tishi uchun 65 million yevro to‘lashga rozi. Yaqin orada «Chelsi» Germaniya chempionlari bilan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda, biroq hozirgi bosqichda kelishuv amalga oshishi ehtimoli past ko‘rinmoqda. «Bavariya» o‘z futbolchisini sotish niyatida emas.

Aleksandr Pavlovich «Bavariya» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi myunxenliklar safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Pavlovichning bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:32, 06.03.2026.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик