Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lids» Daniel Farke bilan muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi: Hammasi mavsum yakuniga bog‘liq

«Lids» Daniel Farke bilan muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi: Hammasi mavsum yakuniga bog‘liq

Baho:
+ | -

Daniel Farke «Lids» bosh murabbiyi lavozimida qolishni istamoqda va shartnomani uzaytirish masalasini vaqtliroq hal qilish niyatida. Biroq, klub muzokaralarni mavsum yakuniga qadar qoldirdi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, «Lids» rahbariyati kutishni va Farke keyingi mavsum uchun Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolish vazifasini uddalay olishini ko‘rishni istamoqda.

Ayni damda «Lids» Premyer-liga turnir jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi. «Tovuslar» xavfli hududdan atigi uch ochko oldinda, xolos.

«Lids» navbatdagi o‘yinini 8 mart kuni o‘z maydonida Angliya kubogi 1/8 finali doirasida «Norvich»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:33, 06.03.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик