Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real Madrid» va «Barselona» La Liganing yangi loyihasini rad etdi

«Real Madrid» va «Barselona» La Liganing yangi loyihasini rad etdi

Baho:
+ | -

La Liga o‘z tarixida ilk bor Ispaniya futboli tarixiga bag‘ishlangan «retro-o‘yin kuni» (retro-matchday) aksiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, 10-13 aprel kunlari La Liga (31-tur) va Segundaning (35-tur) jami 38 ta klubi o‘z o‘tmishidagi dizaynlardan ilhomlanib yaratilgan retro-liboslarda maydonga tushadi. Hakamlar uchun ham maxsus formalar tayyorlanadi, teletranslyasiyalar esa retro-uslubdagi grafikalar bilan uzatiladi.

Ishtirokchilarning liboslari 19 mart kuni keng ommaga taqdim etiladi.

Mundo Deportivo nashrining COPE’ga tayanib xabar berishicha, «Barselona» va «Real Madrid» ushbu aksiyada ishtirok etmaydi.

Kataloniyaliklar joriy mavsum uchun retro-futbolkalarni o‘z vaqtida ishlab chiqarish va sertifikatdan o‘tkazishga to‘sqinlik qilgan texnik muammolar tufayli rad javobini berishgan, biroq keyingi mavsumda qatnashishni rejalashtirmoqdalar. «Real Madrid» esa o‘z navbatida loyihaga qo‘shilmagani sababli unda ishtirok etmaydi. Shuningdek, «Rayo Valyekano» va «Xetafe» klublari ham aksiyadan voz kechishgan.

Kiritildi: 17:16, 06.03.2026.
O'qildi: 3794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик