«Chelsi» ustozi Liam Rosenyor imkon qadar tezroq sovrin qo‘lga kiritish u uchun naqadar muhimligi haqidagi savolga javob berdi.
«Aynan shu maqsadda men shu yerdaman. Bu o‘yinchi, murabbiy yoki menejer sifatida har bir inson orzu qiladigan narsa. Angliya Kubogi — o‘zining an’analari va tarixiga ega ajoyib turnir. Biroq, hozir biz diqqatimizni sovrinlar yoki finallarga emas, balki «Reksxem»ga qarshi o‘yinga qaratishimiz kerak. Agar faqat kubok haqida o‘ylayversangiz, katta ehtimol bilan hech narsa yuta olmaysiz. Eng muhimi — navbatdagi o‘yin, bu haqiqat», — dedi Rosenyor matbuot anjumanida.
Angliya Kubogi 1/8 finali doirasidagi «Reksxem» — «Chelsi» uchrashuvi 7 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.













