Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman. Jessi Lingard Braziliyaga yo‘l oldi!

Rasman. Jessi Lingard Braziliyaga yo‘l oldi!

Baho:
+ | -

«Korintians» klubi Jessi Lingard bilan 2026 yil yakuniga qadar shartnoma imzolanganini e’lon qildi. 33 yoshli angliyalik futbolchi bilan tuzilgan kelishuv ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda, shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandini ham o‘z ichiga olgan.

«MYU»ning sobiq yarim himoyachisi 2025 yilning dekabr oyida «Seul»ni tark etgan edi. U Janubiy Koreya klubida 2024 yilning fevralidan beri to‘p surib kelayotgandi.

«Birinchi ko‘rgan narsam — aeroportdagi muxlislarning «Vai, Corinthians! Vai, Corinthians!» («Olg‘a, «Korintians»!») deya hayqirishlari bo‘ldi. Bu yerdagi ishqibozlarning ehtirosi juda kuchli va buni ko‘rish maroqli.

Mashg‘ulot bazasi hayratlanarli darajada. Futbolchilar meni quchoq ochib kutib olishdi, murabbiy va direktor bilan tanishish ham yoqimli bo‘ldi. Ilk taassurotlarim — men juda baxtiyorman va maydonga tushishni intiqlik bilan kutyapman», — dedi Lingard.

Kiritildi: 22:39, 06.03.2026.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик