Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuve» Sandro Tonalini Italiyaga qaytarmoqchi

«Yuve» Sandro Tonalini Italiyaga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi, agar Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, «Nyukasl Yunayted» yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olishga harakat qilishi mumkin.

Italiyalik futbolchi Turin klubining yozgi transfer oynasi uchun ustuvor maqsadi hisoblanadi. «Nyukasl» esa Tonalining transferini ko‘rib chiqishga tayyor. «Qarg‘alar» o‘z o‘yinchisi uchun kamida 75 million yevro olmoqchi. Insayder Nikolo Skiraning yozishicha, «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Real Madrid» ham ushbu iqtidorli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Sandro Tonalining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyunigacha (ayrim manbalarga ko‘ra 2029 yilgacha) mo‘ljallangan. Ma’lumot uchun, Tonali faoliyati davomida «Milan» safida 130 ta o‘yinda maydonga tushgan, APLda esa «Nyukasl» uchun hozirgacha 70 dan ortiq bahsda ishtirok etgan.

Kiritildi: 23:05, 06.03.2026.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик