Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Tramp Avstraliyani eronlik ayol futbolchilarga boshpana berishga chaqirdi

Tramp Avstraliyani eronlik ayol futbolchilarga boshpana berishga chaqirdi

Baho:
+ | -

AQSH prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Eronlik besh nafar ayol futbolchi — Fotima Pasandide, Zahro Ganbari, Zahro Sarbali, Otifa Ramazonzoda va Mona Hamudiy mart oyi boshida ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogining ochilish o‘yinida Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan avval Eron davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgan edi.

Ushbu harakatdan so‘ng sportchilar Eron davlat OAV tomonidan keskin tanqidga uchradi. Jamoaning ushbu besh nafar a’zosi Gold Kost shahridagi mehmonxonada o‘z nazoratchilaridan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan va hozirda Kvinslend polisiyasi himoyasida xavfsiz joyda qolmoqda. Faollar va sportchilarning yaqinlariga ko‘ra, agar ular vataniga qaysa, shafqatsiz ta’qiblar, hatto o‘lim jazosiga duchor bo‘lishi mumkin.

Tramp o‘zining Truth Social platformasida Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanesga qarata ochiq murojaat yo‘lladi.

“Avstraliya Eron ayollar terma jamoasini o‘lim kutilayotgan mamlakatiga qaytarishga urinib, dahshatli gumanitar xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Janob bosh vazir, bunday qilmang, ularga boshpana bering. Agar siz qilmasangiz, AQSH ularni o‘z bag‘riga oladi”, deb yozdi Tramp.

Nyu Saut Uels shtatining qullikka qarshi kurash bo‘yicha komissari Jeyms Kokayn jamoaning qolgan a’zolariga nisbatan “zamonaviy qullik” alomatlari borligini tekshirishni talab qildi. Uning aytishicha, futbolchilarga mehmonxonadan kuzatuvchilarsiz chiqish taqiqlangan, ularning so‘z va harakat erkinligi cheklangan.

“Eron hukumati sportchilar va ularning oilalariga tahdid qilib, siyosiy muxolifatni bostirish uchun ulardan foydalanishi barchaga ma’lum”, deya qo‘shimcha qildi Kokayn.

Eronning so‘nggi shohi o‘g‘li va surgundagi valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy ham Instagram’da ushbu sportchilarni qo‘llab-quvvatladi. U besh nafar ayol futbolchi jamoa lagerini tark etib, xavfsiz joyga o‘tganini va “Eron milliy sher va quyosh inqilobi”ga (Lion and Sun Revolution) qo‘shilganini e’lon qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:48, 10.03.2026.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик