Turkiya chempionati 25-turning eng intizorlik bilan kutilgan bahsi — Istanbul derbisida «Galatasaroy» mehmonda «Beshiktosh»ni mag‘lub etib, chempionlik yo‘lida juda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Turning boshqa diqqatga sazovor nuqtalari:
«Fenerbaxche» gollarga boy o‘yinda «Samsunspor»dan ustun keldi va peshqadamni ta’qib qilishda davom etmoqda.
«Trabzonspor» mehmondagi ishonchli g‘alabasi bilan kuchli uchlikdagi mavqeini mustahkamladi.
Superligada chempionlik poygasi tobora qizib bormoqda. «Arslonlar» va «Sariq kanareykalar» o‘rtasidagi masofa atigi 4 ochkoni tashkil etmoqda!















