«Barselona» prezidenti Joan Laporta «ko‘k-anorranglilar»ning qanot hujumchisi Lamin Yamal va o‘z vaqtida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan «Inter Mayami» yulduzi Lionel Messi o‘rtasida tanlov qildi.
«Lamin hozirda daho va asosiy jamoa uchun o‘rnak (etalon) hisoblanadi. Messi esa — barcha davrlarning eng yaxshi o‘yinchisi. U "Barsa" uchun borlig‘ini bergan, "Barsa" ham unga hamma narsani taqdim etgan», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi COPE nashri.
Joriy mavsumda 18 yoshli Yamal barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 19 ta gol va 15 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2005 yildan 2021 yilga qadar «Barselona»da to‘p surgan. U klub safida jami 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













