Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

“Manchester Yunayted” tez orada bosh murabbiy nomini e’lon qiladi

“Manchester Yunayted” tez orada bosh murabbiy nomini e’lon qiladi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Yunayted” rahbariyati tez orada yangi bosh murabbiy borasida yakuniy qarorni e’lon qiladi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.

Hozirda klub rahbariyati Maykl Kerrikni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bunga jamoaning so‘nggi vaqtlardagi ijobiy sport formasi va “qizil iblislar”ning yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Biroq, klub ichida yuqori saviyali, elita darajasidagi taktik mahoratga ega va kuchli yetakchilik qobiliyatiga ega murabbiyni tayinlash tarafdorlari ham talaygina. “Mankunianliklar” rasmiylari bir qator potensial nomzodlarning holatini o‘rganish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Nomzodlar ro‘yxatidan quyidagi mutaxassislar joy olgan:

Yulian Nagelsmann (Germaniya terma jamoasi);
Andoni Iraola (“Bornmut”);
Migel Sanches (“Jirona”);
Matias Yaisle (“Al-Ahli”, Saudiya Arabistoni).

Shuningdek, agar imkoniyat paydo bo‘lsa, klubdagi ba’zi nufuzli shaxslar uchun “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike hamon “orzudagi variant” bo‘lib qolmoqda.

“Vaziyat rivojlanishda davom etmoqda. “Yunayted” yaqin haftalar ichida barcha variantlarni tahlil qilib, yakuniy qarorni qabul qilishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Manchester Yunayted” Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann bilan muzokaralarni boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun: 38 yoshli Nagelsmann 2023 yildan beri Germaniya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. U bunga qadar “Hoffenhaym”, “Leypsig” hamda “Bavariya” klublarida faoliyat yuritgan. Uning Germaniya futbol ittifoqi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:32, 12.03.2026.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.