Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maunt safga qaytdi

Maunt safga qaytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik hujumkor yarim himoyachi Meyson Mauntning safga qaytgani haqida fikr bildirdi.

"Maunt umumiy guruhga qaytdi va bu juda ajoyib. U biz uchun muhim futbolchi. Meyson hali 100 foiz tayyor emas va mashg‘ulotlarda qisqa vaqt ishtirok etdi. Ammo uning qaytgani biz uchun yaxshi yangilik. Yakshanba kungi o‘yinda undan foydalanish-foydalanmasligimizni ko‘rib chiqamiz", — dedi Kerrik matbuot anjumanida.

Meyson Maunt so‘nggi bor "Manchester Yunayted" safida ikki oydan ko‘proq vaqt oldin — 11 yanvarda maydonga tushgan edi.

Yakshanba kuni, 15 mart kuni "Manchester Yunayted" Angliya chempionati doirasida o‘z maydonida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 21:51, 13.03.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик