"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasining ehtimoliy finalida "Real" bilan to‘qnash kelish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Butun dunyo va muxlislar uchun bu hayajonli uchrashuv bo‘lardi. "Barselona" – "Real Madrid" finali tarixdagi eng yaxshi o‘yinlardan biriga aylanardi. Bu ilgari hech qachon sodir bo‘lmagan voqea bo‘lardi va bu juda ajoyib ish bo‘lardi", – deb ta’kidladi Levandovski Romarioga bergan intervyusida.













