Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Laporta: "Biz unga ishongan edik, u esa bizni sharmandali tarzda sotib ketdi"

Laporta: "Biz unga ishongan edik, u esa bizni sharmandali tarzda sotib ketdi"

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta yaqinda bergan intervyusida klubning yosh iste’dodi Dro Fernandesning kutilmaganda «PSJ» safiga borib qo‘shilgani haqida gapirib, ushbu transfer tafsilotlariga to‘xtaldi. Klub rahbari mazkur ketishni shunchaki transfer emas, balki «sotqinlik» deya ta’rifladi.

Laportaning fikricha, bu voqeada asosiy rolni futbolchining agenti Ivan de la Penya o‘ynagan. Prezident agentni klub rahbariyatini aldab, jamoa ortidan yashirincha Parij klubi bilan muzokaralar olib borganlikda aybladi.

«Biz unga to‘liq ishongan edik, u esa bizni sharmandali tarzda sotib ketdi», — deya o‘z noroziligini bildirdi Laporta.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining ketishi bosh murabbiy Xansi Flik uchun ham kutilmagan zarba bo‘lgan. Boisi, germaniyalik mutaxassis Droni jamoaning kelajakdagi muhim bo‘lagi deb hisoblab, unga asosiy tarkibdan muntazam joy berib kelayotgan edi.

E’tiborli jihati shundaki, Laporta «PSJ» klubi yoki uning rahbariyatiga nisbatan hech qanday e’tirozi yo‘qligini, barcha mas’uliyat va ayb faqatgina agentning «nopok o‘yinlari»da ekanini alohida qayd etdi.

Kiritildi: 12:06, 14.03.2026.
O'qildi: 14172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик