Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kompani "Real" va "Siti" o‘rtasidagi bahs haqida fikrlarini bildirdi

Kompani "Real" va "Siti" o‘rtasidagi bahs haqida fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani o‘z jamoasining Chempionlar Ligasidagi potensial raqiblari o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Myunxenliklar Bergamoda "Atalanta"ni tor-mor etishdi (6:1) va 1/4 final yo‘llanmasini deyarli naqd qilib qo‘yishdi. Germaniya grandining keyingi raqibi "Real" va "Manchester Siti" qarama-qarshiligi g‘olibi bo‘ladi. Ushbu juftlikda ham dastlabki uchrashuvdan so‘ng vaziyat ancha oydinlashgan – "qaymoqranglilar" o‘z uylarida 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

"Men o‘yinni farzandlarim bilan birga tomosha qildim, lekin ular barcha gollarni ko‘rishni istashdi, shuning uchun o‘sha oqshomdagi boshqa uchrashuvlarni ham kuzatdik. Hozircha chorak final haqida o‘ylayotganim yo‘q. "Atalanta" ustidan yana bir ishonchli g‘alabani ko‘rishni istayman. Albatta, "Real" bilan ham, "Manchester Siti" bilan ham bizga oson bo‘lmaydi. Kim bilan o‘ynashimizdan qat’i nazar, muxlislarimizni ajoyib tomosha kutmoqda", – dedi Kompani matbuot anjumanida.

"Manchester Siti" va "Real" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi, "Bavariya" esa bir kun o‘tib "Atalanta"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 12:17, 14.03.2026.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик