Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Superliga. «Dinamo» futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi

Superliga. «Dinamo» futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi

Baho:
+ | -

Bugun Zoom platformasi orqali Superliga 3-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etib, hakamlar faoliyati yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, mazkur tur uchrashuvlari bo‘yicha tahlillar Farhod Abdullayev, Valentin Kovalenko, Bobur Haydarov va Jahongir Saidovlar tomonidan olib borildi.

Futbol qoidalari xalqaro darajada ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni o‘zboshimchalik bilan talqin qilish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hakamlar har bir vaziyatni belgilangan qoidalar va aniq kriteriylar asosida baholashi lozim. Qarorlar o‘yinning borishi yoki tashqi omillarga qarab emas, avvalo o‘yin qoidalari va mavjud mezonlarga tayanib qabul qilinishi muhim.

Shu bois barcha hakamlar yagona yondashuv asosida ishlashi zarur. Bu talab nafaqat Superliga, balki Proliga va Birinchi liga uchrashuvlariga ham tegishli. Hakamlar faoliyati muntazam tahlil qilib borilmoqda va keyingi tayinlovlar ularning o‘yinlardagi faoliyatiga qarab belgilanadi.

Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Hakamlar o‘yinlarni yuqori saviyada boshqarishi uchun doim optimal sport formasida bo‘lishi talab etiladi.

Ekipirovka masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada klublarga rasmiy xatlar yuborilgan bo‘lib, futbolchilar belgilangan tartib va talablarga amal qilishi lozim. Qoidalarga rioya etilmagan holatlarda reglament asosida tegishli choralar ko‘riladi, — dedi Ravshan Irmatov.

Yig‘ilish davomida futbolchilarning ekipirovkasi masalasiga yetarli e’tibor qaratilmayotgani ham tanqid qilindi. Hakamlar ushbu holatga jiddiy yondashib, qoidalarga amal qilmagan futbolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, hakamlarning maydondagi joylashuvi va epizodlarga nisbatan pozisiya tanlashi masalasi ham muhokama qilindi. Ayrim uchrashuvlardagi vaziyatlar misol tariqasida ko‘rib chiqildi.

Xususan, «Surxon» — «Bunyodkor» uchrashuvida VAR orqali gol bekor qilingan epizod yuzasidan ham fikrlar bildirildi. Shuningdek, «Dinamo» — «Nasaf» uchrashuvida «Dinamo» futbolchisiga nisbatan qizil kartochka ko‘rsatilmagan vaziyat bo‘yicha Doston Rahmonov hamda boshqa hakamlarning fikrlari tinglandi. Mazkur epizod tahlil qilinib, ushbu holatda aniq qizil kartochka ko‘rsatilishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Bundan tashqari, «Mash’al» — «Qizilqum» uchrashuvidagi vaziyat ham ko‘rib chiqildi. Unda VAR orqali epizod qayta ko‘rilganidan so‘ng bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilishi lozimligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida hakamlar faoliyati muntazam ravishda kuzatib borilishi, baholash va keyingi tayinlovlar ularning maydondagi ishlash sifati asosida amalga oshirilishi qayd etildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 23:12, 14.03.2026.
O'qildi: 1527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик