Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Liga 1. «Loryan» o‘z maydonida chempionlikka da’vogar «Lans»ni mag‘lub etdi

Liga 1. «Loryan» o‘z maydonida chempionlikka da’vogar «Lans»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Liga 1 turnir jadvalining o‘rtasida borayotgan «Loryan» chempionlik uchun kurashayotgan «Lans»ni qabul qildi va «ikkinchi raqam» ostida o‘ynab, muvaffaqiyatga erishdi.

O‘yinning 18-daqiqasidayoq mezbonlar burchak to‘pidan so‘ng hisobni ochishdi: Bamo Meyte to‘pni boshi bilan himoyachiga yo‘naltirdi, Bamba Dyeng esa uni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi — 1:0. Oradan ko‘p o‘tmay, mehmonlarning burchak zarbasidan so‘ng Abdalla Sima boshi bilan xavfli zarba yo‘lladi, biroq darvozabon to‘pni qaytarishga erishdi.

Ikkinchi bo‘lim «Lans»ning goli bilan boshlandi — Mamadu Sangare Odsonn Eduarga golli uzatma yetkazib berdi, Eduar esa juda ham chiroyli va samarali zarba yo‘lladi (1:1). 65-daqiqada mezbonlar yana oldinga chiqib olishdi: Arsen Kuassi vaziyatni keskinlashtirdi, Ayegun Tosin esa to‘pni nishonga aniq joyladi — 2:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Loryan» sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, raqib esa «PSJ»dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fransiya chempionati
14.03.2026
«Stad de Mustuar», Loryan

«LORYAN» — «LANS» — 2:1

Gollar: Bamba Dyeng 18 (1:0), Odsonn Eduar 48 (1:1), Ayegun Tosin 65 (2:1).

«Loryan»: Mvogo Ivon, Meyte Bamo, Montassar Talbi, Fay Abdulaye, Le Bri Teo (Adjey Nataniel, 90), Kadiu Noa, Avom Artur, Kuassi Arsen, Makengo Jan-Viktor (Kaseris Panos, 81), Derman Karim (Sumano Sambu, 82), Bamba Dyeng (Ayegun Tosin, 64).

Zaxira: Ble Marten, Kamara Binguru, Sanusi Trevan, Daniel Semedo, Yongva Darlin.

«Lans»: Riss Robin, Nidal Chelik (Amadu Aydara, 68), Ganiu Pyer, Sarr Malang, Saud Abdulxamid (Rayan Fofana, 84), Sangare Mamadu, Adrian Tomasson (Andriya Bulatovich, 73), Matyo Yudol, Floryan Toven, Abdalla Sima (Entoni Bermont, 73), Odsonn Eduar (Eravan GarnYE, 84).

Zaxira: Matyo Gorjelen, Oskar Lenn, Fode Silla, Florian Sotoka.

Ogohlantirishlar: Fay Abdulaye (26), Montassar Talbi (54), Le Bri Teo (90) — Nidal Chelik (23), Pyer Ganiu (71), Saud Abdulxamid (75).

Kiritildi: 23:30, 14.03.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик