«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde ketma-ket uchinchi o‘yinda raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Urugvaylik futbolchi La Liganing 28-turidan o‘rin olgan «Elche»ga qarshi bahsda gol urdi (4:1).
Bungacha Valverde «Selta» darvozasiga bitta gol urgan (2:1) va «Manchester Siti» bilan o‘yinda xet-trik qayd etgan edi (3:0).













