Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

"Bavariya" YECHLdagi muhim o‘yinda 16 yoshli darvozabonga ishonishga majbur bo‘lishi mumkin

"Bavariya" YECHLdagi muhim o‘yinda 16 yoshli darvozabonga ishonishga majbur bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Bavariya» Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Atalanta»ga qarshi javob uchrashuviga 16 yoshli darvozabon bilan chiqishi mumkin.

Myunxenliklarning asosiy darvozaboni va sardori Manuel Noyer boldir mushagi yirtilishidan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda, Yonas Urbig esa «Atalanta» bilan bo‘lgan ilk o‘yinda (6:1) bosh miya chayqalishi jarohatini oldi. Bundan tashqari, Sven Ulrayx Germaniya chempionati doirasidagi «Bayer»ga qarshi bahsda (1:1) son mushagini shikastlab olgan.

AP nashri xabar berishicha, agar ularning hech biri 18 martga qadar sog‘ayishga ulgurmasa, asosiy tarkibda so‘nggi ikki o‘yinda zaxiradan joy olgan 16 yoshli Leonard Preskott paydo bo‘lishi mumkin. Preskott Nyu-Yorkda tug‘ilgan va faoliyatini «Union»da boshlagan, «Bavariya» akademiyasiga esa 2023 yilda o‘tgan.

Yana bir variant sifatida 19 yoshli Yannis Bartl ko‘rilmoqda. U Leon Klanasning jarohatidan so‘ng myunxenliklarning zaxira jamoasida to‘p surmoqda. Bartl joriy mavsumda Bundesliga doirasida ikki bor asosiy jamoa qaydnomasiga kiritilgan.

Kiritildi: 10:38, 16.03.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик