Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik «Sevilya» ustidan qozonilgan g‘alabada Kanseluning rolini ta’kidladi

Flik «Sevilya» ustidan qozonilgan g‘alabada Kanseluning rolini ta’kidladi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qanot himoyachisi Joau Kanseluning ko‘rsatayotgan o‘yini haqida fikr bildirdi.

Yakshanba kuni portugaliyalik futbolchi Kataloniya klubiga qaytganidan keyingi ilk golini urdi: lateral «Sevilya»ga qarshi kechgan va 5:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahsning 60-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

«Men Kanseluga moslashib olishi uchun vaqt bergandim, lekin u so‘nggi o‘yinlarda o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatmoqda. Joau texnik jihatdan hayratlanarli darajada iqtidorli va bugun u juda foydali bo‘ldi — nafaqat gol urdi va hujumda xavf tug‘dirdi, balki ofsayd chizig‘ini saqlashda ham juda aniq harakat qildi. Uni jamoaga taklif qilish to‘g‘ri qaror bo‘lgan», — dedi Flik.

Joau Kanselu Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olingan.

Kiritildi: 13:13, 16.03.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик