Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«MYU» bosh murabbiylikka Luis Enrikeni olib kelmoqchi

«MYU» bosh murabbiylikka Luis Enrikeni olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Angliya Premyer-ligasining grand klubi — «Manchester Yunayted»ning e’tiboriga tushdi. The Touchline nashrining jurnalist Natan Soltga tayanib xabar berishicha, Enrike mankunianliklarning nomzodlar ro‘yxatida ancha yuqori o‘rinda turibdi.

Shu bilan birga, Enrikening shu yozda «PSJ»ni tark etishga tayyorligi borasida shubhalar borligi qayd etilgan. Parijliklarning Chempionlar ligasidagi ehtimoliy g‘alabasi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimini vaqtinchalik asosda Maykl Karrik egallagan edi. Yozda klub jamoani keyingi mavsumga kim tayyorlashi borasida bir qarorga keladi.

Hozirgi vaqtda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:10, 18.03.2026.
O'qildi: 1280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик