Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh YECHLda 50 ta gol urgan ilk afrikalik futbolchiga aylandi

Saloh YECHLda 50 ta gol urgan ilk afrikalik futbolchiga aylandi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Galatasaroy»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (4:0) gol urdi. 33 yoshli misrlik futbolchi uchun ushbu gol faoliyati davomida turnirdagi 50-si bo‘ldi.

U mazkur dovonni zabt etgan ilk afrikalik futbolchiga aylandi. Chempionlar ligasida 50 ta gol urish uchun unga 97 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Dastlabki bahsda «Galatasaroy» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Liverpul» Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi va u yerda «PSJ» bilan to‘qnashadigan bo‘ldi.

Kiritildi: 05:08, 19.03.2026.
O'qildi: 784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик