Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Ispan klublari inglizlarni pley-offdan chiqarib yuborish bo‘yicha «ustasi farang»

Ispan klublari inglizlarni pley-offdan chiqarib yuborish bo‘yicha «ustasi farang»

Baho:
+ | -

So‘nggi ikkita Chempionlar ligasi mavsumida Ispaniya jamoalari pley-off bosqichidagi ingliz klublari bilan bahslarning aksariyatida g‘alaba qozonishdi.

Joriy mavsumning 1/8 finalida «Real» ikki bor «Manchester Siti» ustidan zafar quchdi, «Atletiko» «Tottenxem»ni musobaqadan chiqarib yubordi, «Barselona» esa «Nyukasl» to‘sig‘idan o‘tdi.

O‘tgan mavsumda «Real» «Man Siti»ni mag‘lub etgan bo‘lsa-da, «Arsenal»ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi. 2024 yilda ham «qaymoqranglilar» «shaharliklar»dan ustun kelishgandi.

Umuman olganda, Ispaniya va Angliya klublari Chempionlar ligasi hamda Yevropa chempionlar kubogi pley-offlarida jami 67 marta to‘qnash kelishgan. Hisob La Liga foydasiga 41:26 ko‘rinishida.

Kiritildi: 22:12, 19.03.2026.
O'qildi: 3571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик