Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Santos» inqirozdan chiqish uchun jamoaga yangi bosh murabbiy olib keldi

«Santos» inqirozdan chiqish uchun jamoaga yangi bosh murabbiy olib keldi

Baho:
+ | -

Braziliyaning eng sovrindor jamoalaridan biri — «Santos» yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Ushbu lavozimni Kuka nomi bilan mashhur bo‘lgan mahalliy mutaxassis Aleksi Stival egalladi.

Avvalgi ustoz (argentinalik Xuan Pablo Voyvoda) jamoaning mavsum boshidagi qoniqarsiz ishtiroki tufayli iste’foga chiqarilgan edi. «Santos» 7 turda 6 ochko jamg‘arib, quyi ligaga tushib ketish hududiga yaqin turibdi.

Ta’kidlash joizki, bu Kukaning «Santos»ga to‘rtinchi bor qaytishidir. U jamoa bilan 2008, 2018 va 2020–2021 yillarda ishlagan. Kuka «Atletiko Mineyro» bilan Libertadores kubogida g‘olib chiqqan, shuningdek, ushbu jamoa va «Palmeyras» bilan Braziliya chempioni bo‘lgan. Bundan tashqari, uning hisobida «Shandun» bilan Xitoy chempionati va kubogidagi g‘alabalar ham mavjud.

Kiritildi: 22:21, 19.03.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик