Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Real" niderlandiyalik iqtidor uchun kurashda "Arsenal", "Liverpul" va "MYU"dan oldindi

"Real" niderlandiyalik iqtidor uchun kurashda "Arsenal", "Liverpul" va "MYU"dan oldindi

Baho:
+ | -

«AZ Alkmaar» markaziy yarim himoyachisi Kes Smit faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari faol kuzatib bormoqda. Biroq, iste’dodli futbolchi uchun kurashda «Real» yetakchilik qilayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Smit barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va sakkizta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt internet-portali mutaxassislari yarim himoyachining qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:13, 21.03.2026.
O'qildi: 1559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик