Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Milan» «Torino»ga qarshi o‘yinda o‘z yulduzisiz maydonga tushadi

«Milan» «Torino»ga qarshi o‘yinda o‘z yulduzisiz maydonga tushadi

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Rafael Leau Italiya chempionatining navbatdagi turi doirasidagi «Torino»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Bu haqda Football-Italia jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik vinger son mushagidagi jarohat sababli uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. U «rossonerilar»ning so‘nggi umumiy mashg‘ulotlarida qatnashmagan.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Rafael milanliklar safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Portugaliyalik futbolchi o‘z hisobiga to‘qqizta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Leau 2019 yilning avgust oyidan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 14:28, 21.03.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик