Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Flik boshqaruvidagi "Barselona" Gvardiola davridagi natijalarni yangiladi

Flik boshqaruvidagi "Barselona" Gvardiola davridagi natijalarni yangiladi

Baho:
+ | -

Xans-Diter Flik boshchiligidagi dastlabki 105 ta o‘yinda «Barselona» raqiblar darvozasiga 298 ta to‘p kiritdi. Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida kataloniyaliklar «Nyukasl»ni 7:2 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, joriy mavsumdagi barcha turnirlar doirasidagi 45 ta rasmiy o‘yinda «Barselona» 124 marotaba raqiblarini ranjitdi — bu har bir bahsga o‘rtacha 2,75 ta gol demakdir. Taqqoslash uchun, o‘tgan 2024/2025 yilgi mavsumda «ko‘k-anorranglilar» 60 ta rasmiy uchrashuvda 174 ta gol urishgan edi.

Bundan tashqari, jamoa Xosep Gvardiola davridagi sermahsullik ko‘rsatkichidan o‘zib ketdi. 2008/2009 va 2009/2010 yilgi mavsumlarda Gvardiola qo‘l ostida «Barselona» xuddi shuncha — 105 ta o‘yinda 254 ta gol kiritgandi.

Flik ish boshlagandan buyon klub Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va ikki marta Superkubokni qo‘lga kiritishga ulgurdi.

Kiritildi: 15:46, 21.03.2026.
O'qildi: 1303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик