Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

"Borussiya" sport direktori nima uchun jarohat olgan sardor bilan shartnoma uzaytirilganini tushuntirdi

"Borussiya" sport direktori nima uchun jarohat olgan sardor bilan shartnoma uzaytirilganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Lars Rikken markaziy himoyachi Emre Jan bilan shartnoma uzaytirilganiga izoh berdi.

Avvalroq germaniyalik xavbek 2027 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasini imzolagani haqida xabar berilgan edi.

Hozirda «Borussiya» sardori chap tizzasidagi xochsimon bog‘lamlari uzilishidan keyin davolanish kursini o‘tamoqda.

«U — yetakchi, o‘rnak bo‘la oladigan shaxs va doimo jamoani birinchi o‘ringa qo‘yadi. Uning og‘ir jarohatidan so‘ng darhol qo‘llab-quvvatlashda davom etishimizni va’da qilganimiz bejiz emas, chunki u biz uchun kalit futbolchi hisoblanadi», — deya Rikkenning so‘zlarini keltirmoqda «asalarilar» matbuot xizmati.

Joriy mavsumda 32 yoshli Jan 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 17:00, 21.03.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик