Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Konseysau: "Biz g‘alabaga loyiq edik"

Konseysau: "Biz g‘alabaga loyiq edik"

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi Italiya A Seriyasining navbatdagi turida «Sassuolo» jamoasini mag‘lub eta olmadi, uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng Turin klubi vakillari natijadan hafsalalari pir bo‘lganini yashirib o‘tirishmadi — xususan, hujumchi Fransishku Konseysau shunday fikr bildirdi.

«Biz g‘alabaga loyiq edik, ikkinchi golni urishimiz kerak edi. Buni amalga oshirish va o‘yin taqdirini hal qilish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Raqib hisobni tenglashtirgach esa, hamma narsa juda qiyinlashib ketdi», — deya Konseysauning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Juvenews.eu nashri.

Bu natijadan so‘ng «Yuventus» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinda qolmoqda.

Kiritildi: 08:44, 22.03.2026.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик