Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Arauxo Yevropadagi eng sermahsul mavsumini takrorladi

Arauxo Yevropadagi eng sermahsul mavsumini takrorladi

Baho:
+ | -

Urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo «Barselona» uchun qiyin kechgan «Rayo Valyekano»ga qarshi uy uchrashuvida g‘alaba golini kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, Arauxo ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yuborganiga qaramay, ushbu goli orqali o‘zining Yevropadagi butun faoliyati davomidagi shaxsiy rekord ko‘rsatkichini takrorladi.

Uning joriy mavsumdagi gollari soni to‘rttaga yetdi — «Rayo»gacha Arauxo «Ovyedo» va «Jirona» darvozasini ishg‘ol qilgan, shuningdek, Ispaniya Kubogida «Albasete»ga gol urgan edi.

Eslatib o‘tamiz, urugvaylik futbolchi 2019 yildan beri kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Ispaniya chempionatining navbatdagi turida peshqadam «Barselona» Madridning «Atletiko» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:35, 23.03.2026.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик