«Manchester Yunayted»ning ikki futbolchisi, chaqiruv olganlariga qaramay, o‘z terma jamoalari ixtiyoriga bormaydigan bo‘ldi.
Yarim himoyachi Brian Mbemo «ehtiyot chorasi sifatida» Kamerun terma jamoasining yaqin oradagi o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi klub. 26 yoshli futbolchi 20 mart kuni «Bornmut»ga qarshi kechgan o‘yinning (2:2) 71-daqiqasida zaxiraga olingan edi.
Shuningdek, Benyamin Sheshko ham Sloveniya milliy jamoasiga bormaydigan bo‘ldi — bu uning so‘nggi haftalarda kuzatilgan sog‘lig‘idagi muammolardan so‘ng to‘liq tiklanishi uchun zarur.













