Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

«Nyukasl» asosiy himoyachisi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

«Nyukasl» asosiy himoyachisi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» safida to‘p tepayotgan 26 yoshli himoyachi Sven Botman yuz suyagidagi jarohat tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Niderlandiyalik futbolchining safga qaytish muddati hozircha ochiqlanmagan. U Premyer-liganing 31-turi doirasida «Sanderlend»ga qarshi kechgan bahsda (1:2) jarohat olgan edi.

Joriy mavsumda Botman «qarg‘alar» libosida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Bugungi holatga ko‘ra, Eddi Xau shogirdlari 42 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalining 12-pog‘onasini egallab turibdi.

Kiritildi: 12:35, 24.03.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик