Kirish Ro'yxatdan o'tish

«U finallarda gol urmaydi»: Van Persi Erling Xoland haqida

«U finallarda gol urmaydi»: Van Persi Erling Xoland haqida

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Robin van Persi «Manchester Siti» yulduzi Erling Xolandni Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi beshta hujumchidan biri deb hisoblamaydi.

Norvegiyalik futbolchi «shaharliklar» safiga o‘tganidan keyingi dastlabki uch mavsumning ikkitasida Angliya chempionati to‘purariga aylandi. So‘nggi oylarda samaradorligi biroz pasayganiga qaramay, u joriy mavsumdagi to‘purarlar ro‘yxatida ham peshqadamlik qilmoqda.

«To‘g‘risini aytsam, men Xolandni APL tarixidagi eng yaxshi besh nafar hujumchi qatoriga kiritmagan bo‘lardim. U «Manchester Siti» safida ishtirok etgan yettita finalning birortasida gol ura olmadi, lekin uni elita darajasidagi o‘yinchi deb atashda davom etishmoqda. Uning gollarining salmoqli qismi mahorat bobida ancha past bo‘lgan raqiblarga qarshi o‘yinlarga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, u jamoaviy o‘yinda u qadar yaxshi emas», — deya hozirda «Feyenoord»da murabbiy bo‘lib ishlayotgan van Persining so‘zlarini keltiradi ingliz OAVlari.

Yaqinda Erling Xoland «Siti» tarkibida Liga Kubogi sohibiga aylandi.

Kiritildi: 14:33, 25.03.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик