Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kubarsi kundalik hayotida yetishmayotgan narsalarni sanab o‘tdi

Kubarsi kundalik hayotida yetishmayotgan narsalarni sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning 19 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi o‘z yoshidagi oddiy kundalik hayotda nimalar yetishmayotgani haqidagi savolga javob berdi.

«Ha, shunday narsalar bor. Masalan, tinchgina joyda kechki ovqat tanovul qilish, terrasada o‘tirish yoki odamlar e’tiborini tortmasdan sayr qilish kabi oddiy qulayliklarni sog‘inaman. Ammo buning ijobiy tomonlari ham bor. Masalan, Ispaniya terma jamoasi yoki «Barselona» safida maydonga tushish — bu ajoyib tuyg‘u», — dedi Kubarsi matbuot anjumanida.

Pau Kubarsi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi «ko‘k-anorranglilar» safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.

Kiritildi: 20:57, 25.03.2026.
O'qildi: 210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик