Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shvesiyada 20 yoshli futbolchi otishma qurboni bo‘ldi

Shvesiyada 20 yoshli futbolchi otishma qurboni bo‘ldi

Baho:
+ | -

Shvesiyaning Erebro shahrida to‘rtinchi divizion vakili — “Forvard” klubi darvozaboni Hyugo Mosshagen otishma natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Aftonbladet nashri xabar bermoqda.

Mudhish voqea 21 mart kuni kechqurun shaharning g‘arbiy qismidagi avtoturargohlardan birida sodir bo‘lgan. Mahalliy polisiya soat 23:26 da chaqiruv olgan va voqea joyida og‘ir yaralangan 20 yoshli yigitni topgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, futbolchi vafot etgan.

Futbolchining otasi Yoakim Gunnarsson Expressen nashriga bergan intervyusida o‘g‘lining o‘limi mutlaqo ma’nosiz va tushunarsiz ekanini ta’kidladi.

“Hyugoning eng katta orzusi professional futbolchi bo‘lish edi, u butun vaqtini shunga bag‘ishlagandi. Bu yil uning yili bo‘lishi kerak edi. Bir soniya g‘azablanasan, keyingi soniyada esa farzandingdan shunday bema’ni va mantiqsiz tarzda ayrilganingdan cheksiz qayg‘uga botasan”, deydi marhumning otasi.

Hozircha ushbu jinoyat bo‘yicha gumonlanuvchilar yo‘q. Tergov natijasida Mosshagenning jinoiy guruhlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagani aniqlandi. Shu sababli polisiya “adashib otish”, ya’ni Hyugo tasodif qurboni bo‘lganligini aytmoqda. Taxminlarga ko‘ra, jinoyatchilarning asl nishoni futbolchining atrofidagi boshqa shaxs bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Hujum paytida Mosshagen kamida bir nafar tanishi bilan birga bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan qotillik va qurol to‘g‘risidagi qonunni buzish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:21, 26.03.2026.
O'qildi: 142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик