Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» Alvaresning o‘rniga yangi argentinalik to‘purarni ko‘zlamoqda

«Atletiko» Alvaresning o‘rniga yangi argentinalik to‘purarni ko‘zlamoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Xulian Alvares joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Atletiko»ni tark etishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi shu yozda Alvaresga o‘rinbosar sifatida «Strasburg» hujumchisi Xoakin Panichellini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Matraschilar» murabbiylar shtabi uning o‘yin uslubi Alvaresnikiga o‘xshash deb hisoblaydi.

Xoakin Panichelli 2025 yilda «Alaves»dan «Strasburg» safiga 17 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning fransuz klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:10, 26.03.2026.
O'qildi: 230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик