«Galatasaroy» bosh murabbiyi Okan Buruk ish joyini o‘zgartirishi mumkin. Tuttomercatoweb nashrining xabar berishicha, «Lasio» va «Tottenxem» ushbu mutaxassisga qiziqish bildirmoqda.
Turkiyalik murabbiyning istanbulliklar bilan shartnomasi shu yozda nihoyasiga yetadi, shu sababli u boshqa klubga bepul o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Manbaning qayd etishicha, Buruk italyan tilini yaxshi biladi, chunki u o‘z vaqtida «Inter» safida uch yil faoliyat yuritgan. «Lasio» rahbariyati ushbu mutaxassisni Maurisio Sarri o‘rnini egallashga qodir deb hisoblamoqda.













