Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» APL klublari nishonidagi himoyachisiga maoshi oshirilgan yangi shartnoma taklif qiladi

«Yuventus» APL klublari nishonidagi himoyachisiga maoshi oshirilgan yangi shartnoma taklif qiladi

Baho:
+ | -

«Yuventus» o‘z tarkibida himoyachi Pyer Kalyulyuni saqlab qolmoqchi.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz Turin klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti uchun tobora almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylanib bormoqda, shu sababli jamoa futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni istaydi. Yaqin vaqt ichida «byankoneri» rahbariyati Kalyulyuning vakillari bilan uchrashib, himoyachiga 2030 yilgacha mo‘ljallangan kelishuv taklif qilishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi 2,4 million yevrodan 4 million yevrogacha (plyus bonuslar) oshirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, shu tariqa «Yuventus» «Manchester Yunayted» va «Liverpul»ning Kalyulyuga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirishni maqsad qilgan. Har ikki ingliz klubi yozda fransuz bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 13:15, 26.03.2026.
O'qildi: 517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик