Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH—2026 da ishtirok etadigan 5 ta terma jamoa a’zolari AQSH vizasi uchun garov puli to‘lashga majbur bo‘lishi mumkin — The Athletic

JCH—2026 da ishtirok etadigan 5 ta terma jamoa a’zolari AQSH vizasi uchun garov puli to‘lashga majbur bo‘lishi mumkin — The Athletic

Baho:
+ | -

AQSH vizasini olishdagi yangi tartiblar FIFAni tashvishga solmoqda: endilikda musobaqada qatnashadigan beshta davlat vakillari mamlakatga kirish uchun garov puli to‘lashlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Muammo AQSHning Visa Bond pilot dasturi bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra 50 ta davlat fuqarolari biznes yoki turistik viza olishda 10 ming dollardan 15 ming dollargacha garov puli to‘lashi shart. Ushbu mablag‘ shaxs viza muddati tugaguncha mamlakatni tark etsa, qaytarib beriladi. Mazkur ro‘yxatga JCH—2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Jazoir, Kabo-Verde, Senegal va Kot-d’Ivuar davlatlari kiritilgan bo‘lsa, 2 apreldan boshlab ushbu qoidalar Tunis fuqarolari uchun ham amal qila boshlaydi.

Hozircha dastur matnida xalqaro sport musobaqalari ishtirokchilari uchun hech qanday istisno ko‘zda tutilmagan. Shu sababli, futbol federasiyalari o‘tgan oy o‘tkazilgan JCH—2026 ga tayyorgarlik seminarlarida ushbu masaladan jiddiy xavotir bildirishgan. FIFA esa Tramp ma’muriyatini futbolchilar, murabbiylar shtabi, federasiya rahbarlari va homiylarning asosiy xodimlari uchun istisno qilishi uchun so‘rov tayyorlamoqda.

FIFA ushbu terma jamoalarga yuborilgan rasmiy taklifnomalar garov pulini to‘lamaslik uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qilishini talab qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, agar AQSH rasmiylari yon bossa ham, bu yengillik faqat terma jamoa a’zolariga tegishli bo‘ladi. Futbolchilarning yaqinlari va muxlislar esa baribir belgilangan miqdordagi garov pulini to‘lashga majbur bo‘lishlari mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:04, 26.03.2026.
O'qildi: 403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик