Yarim himoyachi Rodri «Manchester Siti»dan «Real»ga o‘tishi mumkinligiga sha’ma qildi. OAV anchadan beri xavbekni Madrid superklubi bilan bog‘lab kelmoqda.
The Times nashrining xabar berishicha, Rodrining «Real» haqidagi bayonotlari «Manchester Siti» rahbariyati uchun kutilmagan hol bo‘lmadi. Ingliz klubida doim Rodri kelajakda yana Ispaniyaga qaytishni — yo «Atletiko»ga qaytishni, yoki «Real»ga o‘tishni istashini bilishardi. «Oltin to‘p» sohibi o‘z faoliyatini bir necha yil avval rejalashtirib qo‘ygan.
2025/2026 yilgi mavsumda Rodri 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Iyun oyida Rodri 30 yoshga to‘ladi.













