Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pavlovich "Bavariya" va "Manchester Siti" o‘rtasida tanlov qildi

Pavlovich "Bavariya" va "Manchester Siti" o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning 21 yoshli yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti»ning qiziqishlar doirasiga tushdi. Bayern Space akkaunti tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz grandi futbolchi uchun taxminan 110 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan.

Biroq Pavlovich «Manchester Siti»ga o‘tish bo‘yicha muzokaralar olib borishni istamadi. U Myunxendagi faoliyatini davom ettirish maqsadida inglizlarning taklifini rad etdi.

Transfermarkt portali yosh yarim himoyachini 75 million yevroga baholamoqda. Futbolchi va «Bavariya» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Bundesliganing joriy mavsumida xavbek 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:11, 27.03.2026.
O'qildi: 378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик