Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Konseysau "Liverpul"ning qiziqishiga javob qaytardi

Konseysau "Liverpul"ning qiziqishiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Yuventus» vingeri Fransishku Konseysau «Liverpul»ning qiziqishi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Portugaliyalik futbolchi «qizillar»ni katta klub deb atadi, biroq ayni damda Yevropa grand jamoasida o‘ynayotganini va bu yerda baxtli ekanligini ta’kidladi.

«Bilaman, katta klubga o‘tishim haqida mish-mishlar yuribdi, lekin men allaqachon katta klubdaman va o‘zimni baxtli his qilyapman. Shunchaki mehnat qilishda davom etishim, gollar urishim va golli uzatmalarni amalga oshirishim kerak», — deya Konseysauning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, «Liverpul» yozda jamoani tark etishini rasman e’lon qilgan Muhammad Salohga o‘rinbosar qidirishni boshlagan. 23 yoshli Konseysau ingliz klubining short-listidan joy olgan asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.

Joriy mavsumda Konseysau «Yuventus» safida A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida esa uning hisobida bitta gol bor.

Kiritildi: 18:43, 27.03.2026.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик